Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Superliga. "Buxoro" — "Neftchi". Tarkiblar ma’lum

Superliga. "Buxoro" — "Neftchi". Tarkiblar ma’lum

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Neftchi" uchrashuvi oldidan jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi.

Bahs 18 avgust kuni "Buxoro FA" stadionida soat 20:00 da boshlanadi. Uchrashuvni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Zufar Eliboyev va Elnur Doniyorov yordam beradi. VAR hakami vazifasini Asker Najafaliyev, AVAR vazifasini esa Alisher Usmonov bajaradi.

"Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov boshlang‘ich tarkibga Umidjon Hamroyev, Xurshidbek Muxtorov, Kiril Todorov, Sardor Qulmatov, Shahboz Jo‘rabekov, Sherzod Esanov, Vladimir Rodich, Javohir Ro‘ziyev, Ravshan Xayrullayev, Temur Mamasiddiqov va Shahzodbek Ubaydullayevni kiritdi.

Buxoroliklar zaxirasidan Nodirbek Ahmadjonov, Abbos Umarov, Islombek Baratov, Quvondiq Ro‘ziyev, Nika Kachavara, Anvarjon Jo‘rayev, Asilbek Qayumov, Shirinboy Abdullayev va Dominik Begich joy olgan.

"Neftchi" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov esa Botirali Ergashev, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Boyan Siger, Muhsinjon Ubaydullayev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Farrux Sayfiyev, Xurshid G‘iyosov, Asilbek Jumayev, Vladimir Yovovich, Alisher Odilov va Stipe Perisani asosiy tarkibda maydonga tushiradi.

Farg‘onaliklar zaxirasidan Rustambek Fomin, Izzatillo Po‘latov, Azizbek Erimbetov, Nurbek Sarsenbayev, Koffi Kuao, Akbar To‘rayev, Bilolxon Toshmirzayev, Zoran Marushich va Jamshid Iskanderov joy oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:10, 18.08.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик