Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Superliga. "Buxoro" "Neftchi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. "Buxoro" "Neftchi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Neftchi" uchrashuvi mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi — 4:1.

Bahsda hisob 37-daqiqada ochildi. "Buxoro" yarim himoyachisi Sherzod Esanov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Nurmuhammad Abdug‘aniyev "Neftchi"ning javob golini urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan "Buxoro" yana oldinga chiqdi. 46-daqiqada Sherzod Esanov dubl rasmiylashtirdi. 73-daqiqada Temur Mamasiddiqov mezbonlarning uchinchi golini urdi.

Uchrashuvga yakuniy nuqtani 90+2-daqiqada Vladimir Rodich qo‘ydi. Uning golidan so‘ng hisob 4:1 ko‘rinishiga keldi.

Shu tariqa, Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Buxoro" o‘z maydonida "Neftchi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Superliga, 18-tur

"Buxoro" — "Neftchi" — 4:1

Gollar: Sherzod Esanov, 37-penalti (1:0), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 45+3 (1:1), Sherzod Esanov, 46 (2:1), Temur Mamasiddiqov, 73 (3:1), Vladimir Rodich, 90+2 (4:1).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:04, 18.08.2026.
O'qildi: 2507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик