"Milan" yarim himoyachisi Samuele Richchi faoliyatini "Komo"da davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, Italiya klublari 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib bormoqda. Hozircha asosiy masala kelishuv formati bo‘lib turibdi.
"Komo" Richchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. "Milan" esa futbolchini to‘liq sotish yoki keyinchalik majburiy xarid qilish sharti bilan ijaraga berishni afzal ko‘rmoqda.
Richchining o‘zi "Komo"ga o‘tishga tayyor. Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha oson kelishib olishi kutilmoqda.
Samuele Richchi 2025 yil yozida "Torino"dan taxminan 25 million yevro evaziga "Milan"ga o‘tgan edi.













