O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Do‘stlik" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Ayder Kurbayev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz raqibini yirik — 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekistonning gollariga Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Behruz Samatov, Kamoliddin Akbaraliyev va Ulug‘bek Xayrullayev mualliflik qildi. Yahyo Baxtiyorov esa dubl qayd etdi.
O‘zbekiston U-16 — "Do‘stlik" — 6:0
Gollar: Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Yahyo Baxtiyorov — 2, Behruz Samatov, Kamoliddin Akbaraliyev, Ulug‘bek Xayrullayev.
O‘zbekiston U-16 boshlang‘ich tarkibi:
Jasur Bahriddinov, Hojiakbar Zulfiqorov, Azizillo Erkinjonov (sardor), Abdulaziz Bobirov, Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Yahyo Baxtiyorov, Xasan Uralov, Fayz Achilov, Abdulloh Xolmamatov, Xusan Uralov, Shohjahon To‘raqulov.
Zaxiradan Berdiyev, Tilloyev, Bahodirov, Nasrulloyev, Abduvaliyev, Mamatov, Abdujalilov, Uskenboyev, Shuhratillayev, Eshboyev, Xayrullayev, Akbaraliyev, Ro‘zimurodov va Samatov maydonga tushdi.













