Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Korintians" Depay bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

"Korintians" Depay bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Memfis Depay "Korintians" safidagi faoliyatini davom ettiradi.

ESPN xabariga ko‘ra, Braziliya klubi niderlandiyalik futbolchi bilan shartnomani 2028 yil yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Muzokaralar yakunlanganidan so‘ng Depay jamoa ixtiyoriga qaytdi va seshanba kuni mashg‘ulotlarga kirishdi. Klubda hujumchi 20 avgust kuni Libertadores kubogi 1/8 finali javob bahsida "Rosario Sentral"ga qarshi maydonga tushishiga umid qilishmoqda.

Jamoalar o‘rtasida Argentinada o‘tgan dastlabki uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan.

Depay 2024 yildan buyon "Korintians" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Braziliya klubi safida 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 22:41, 18.08.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик