O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Qizilqum" uchrashuvining statistik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Bahs jizzaxliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Statistikaga ko‘ra, "So‘g‘diyona" to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik qildi — 55 foizga 45 foiz. Mezbonlar raqib darvozasi tomon 14 ta zarba yo‘llab, ularning 5 tasini aniq amalga oshirdi. "Qizilqum" esa 11 ta zarbadan faqat 2 tasini darvoza nishonga yo‘naltira oldi.
Qiziq tomoni, kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi bo‘yicha "Qizilqum" ancha yuqori natija qayd etdi — 1,77 ga 0,96. Shunga qaramay, "So‘g‘diyona" o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Paslar aniqligi bo‘yicha ham jizzaxliklar ustun bo‘ldi — 79 foizga 72 foiz. "So‘g‘diyona" 11 ta, "Qizilqum" esa 8 ta kalit pasni amalga oshirgan.
Burchak zarbalarida esa "Qizilqum" ustunlik qildi — 7:3. Qoidabuzarliklar soni "So‘g‘diyona"da 14 ta, "Qizilqum"da 11 tani tashkil etgan. Ofsaydlar bo‘yicha hisob 2:0 ko‘rinishida jizzaxliklar foydasiga.













