Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Ismoilov "Buxoro"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Ismoilov "Buxoro"dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+1 | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Buxoro"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, yirik mag‘lubiyat sabablarini izohladi.

Mutaxassis avvalo raqibni g‘alaba bilan tabriklab, jamoasining himoyada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari natijaga jiddiy ta’sir qilganini ta’kidladi.

"Avvalo, raqib jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Albatta, bu biz uchun alamli mag‘lubiyat. Himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Qachondir bunday holat bo‘lishi kerak edi, afsuski, bugunga to‘g‘ri keldi. Lekin jamoa bunday yirik mag‘lubiyatga loyiq emas edi", — dedi Ismoilov.

Murabbiy asosiy tarkibning bir qator futbolchilari o‘yinda ishtirok etmaganini mag‘lubiyat uchun bahona sifatida ko‘rsatmasligini bildirdi.

"Bu bahona bo‘la olmaydi. Chunki tarkibimizda ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Har qanday holatda ham bunday hisobda mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak edi.

"Buxoro" asosan qarshi hujumlarga tayandi. Birinchi taymda o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Bir xato sabab penaltidan gol o‘tkazdik, keyin esa hisobni tenglashtirdik.

Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshlashga harakat qildik, ammo oddiy vaziyatdagi xatodan keyin burchak to‘pi bo‘ldi va raqib gol urdi. Keyin uchinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Bularning barchasi oddiy xatolar edi. To‘rtinchi gol esa umuman kulgili vaziyatdan kelib chiqdi: to‘pni egallab turib, raqibga berib qo‘ydik va ular gol urdi. Menimcha, barchasi individual xatolar oqibati. Lekin umumiy olib qaraganda, yomon o‘ynadik, deb o‘ylamayman", — dedi u.

Ismoilov 4:1 hisobidagi mag‘lubiyat jamoaga psixologik jihatdan ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Tarkibimizdagi futbolchilar professional. Bu holatdan imkon qadar tezroq chiqib ketishga harakat qilamiz. Bugungi o‘yinni albatta tahlil qilamiz, xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi uchrashuvda muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", — dedi "Neftchi" ustozi.

Shuningdek, murabbiy birinchi davradagi va bu galgi "Buxoro"ning o‘yin uslubida katta farq ko‘rmaganini qayd etdi.

"Birinchi davrada ham "Buxoro" deyarli xuddi shu uslubda o‘ynagandi. O‘shanda ham hisobni penaltidan ochgan edi. Ular ko‘proq qarshi hujumlarga e’tibor qaratib, uzun paslar orqali o‘ynashga harakat qiladi. Murabbiy o‘sha-o‘sha bo‘lgani uchun o‘yin uslubida ham deyarli o‘zgarish yo‘q", — dedi Islombek Ismoilov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:05, 18.08.2026.
O'qildi: 5200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик