Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Zidan davri boshlanmoqda: Fransiyaning ilk yig‘ini sanasi ma’lum

Zidan davri boshlanmoqda: Fransiyaning ilk yig‘ini sanasi ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan milliy jamoaning ilk tarkibini 17 sentyabr kuni e’lon qiladi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

"Ko‘klar"ning yangi ustozi Millatlar ligasida Turkiya va Belgiyaga qarshi o‘yinlarga chaqiriladigan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qiladi. Tarkib Zidan davridagi ilk yig‘in boshlanishidan bir necha kun oldin e’lon qilinishi kutilmoqda. Mazkur yig‘in 21 sentyabr kuni start oladi.

Zidan boshchiligidagi Fransiya terma jamoasining ilk uy uchrashuvi oktyabr oyi boshida "Stad de Frans" stadionida o‘tkaziladi. Bu bahsda fransuzlar Italiya terma jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda Zidan va Fransiya futbol federasiyasi uning tayinlovi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni ham yakuniga yetkazmoqda.

Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi taqvimi:

  • 25 sentyabr: Turkiya — Fransiya
  • 28 sentyabr: Belgiya — Fransiya
  • 2 oktyabr: Fransiya — Italiya
  • 5 oktyabr: Fransiya — Belgiya
  • 12 noyabr: Italiya — Fransiya
  • 15 noyabr: Fransiya — Turkiya
Kiritildi: 23:07, 18.08.2026.
O'qildi: 1915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик