"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala "Xaydenxaym"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida hushidan ketdi.
Futbolchi ikkinchi bo‘lim davomida o‘zini yomon his qildi. Yaxshiyamki, Musiala maydonni mustaqil tark eta oldi va shundan so‘ng almashtirildi.
Uch kun avval "Bavariya" "RB Leypsig"ga qarshi o‘ynaganida ham Musiala hushidan ketgan edi. O‘shanda OAVda futbolchining holati kuchli issiq bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bir necha kun ichida ushbu holatning takrorlanishi Musialaning jiddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" "Xaydenxaym"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Myunxenliklar 22 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi maydonga tushadi.













