«Inter» «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons uchun 30 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda, deya xabar berdi La Gazzetta dello Sport.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi Milan klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. «Inter» transfer oynasining so‘nggi qismida Jonsni o‘z safiga qo‘shib olish uchun yana bir urinishni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli angliyalik futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Kertis Jons barcha musobaqalar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













