«Al-Hilol» hujumchisi Darvin Nunyes «Beshiktosh» yoki «Trabzonspor» bilan hech qanday kelishuvga erishmagan. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli urugvaylik futbolchining Turkiyaga parvozi ham rejalashtirilmagan. Nunyes hozircha Saudiya Arabistoni va Yevropa klublaridan tushayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda u «Al-Diriya»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Nunyes «Al-Hilol» safida 2025 yil avgustidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Darvin Nunyes 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













