"Bavariya" sport bo‘limi rahbari Maks Eberl jamoa hujumchisi Xarri Keynning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Angliyalik hujumchi o‘tgan mavsum Bundesligada 36 ta gol urib, Yevropa "Oltin butsa"sini qo‘lga kiritgan edi. Shu bilan birga, u "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ham e’tirof etilmoqda.
"Keyn "Oltin to‘p"ga har tomonlama munosib. Futbolni yaxshi ko‘radigan har bir inson bunday futbolchilarni qadrlaydi. Unda hujumchining gol urish mahorati, "o‘nlik"ning fikrlashi va tayanch yarim himoyachisining mehnatkashligi uyg‘unlashgan.
U har bir vaziyatda go‘yo bir qadam oldinda bo‘ladi, xuddi o‘z vaqtida Gerd Myuller kabi. Garri — fenomen, yetakchi va kuchli xarakter egasi. U ko‘p yillardan beri o‘zining alohida darajasini isbotlab kelmoqda", — deya Eberlning so‘zlarini Bayern & Germany keltiradi.
22 avgust kuni "Bavariya" Germaniya Superkubogi doirasida Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi maydonga tushadi.













