Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Tottenxem» Sarr uchun 58,5 mln yevro talab qilmoqda

«Tottenxem» Sarr uchun 58,5 mln yevro talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» markaziy yarim himoyachisi Pap Matar Sarr joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchi Mateush Fernandesh va Sandro Tonali transferlaridan so‘ng ketish haqida o‘ylay boshlagan. Ushbu futbolchilarning kelishi markaziy chiziqdagi raqobatni sezilarli darajada kuchaytirgan.

Qayd etilishicha, «shporlar» Sarr bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, biroq hozircha klubga rasmiy taklif kelib tushmagan. Futbolchiga «Brentford», «Aston Villa» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» yarim himoyachisini taxminan 58,5 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Pap Matar Sarr barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:00, 19.08.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик