Italiyaning «Komo» klubi qanot hujumchisi Assane Diao Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Komo» 20 yoshli senegallik futbolchini sotish niyatida emas va faqat 60 mln yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Shu bilan birga, Transfermarkt portali Diaoning hozirgi bozor qiymatini 30 mln yevro deb baholamoqda. Bu «Komo» futbolchi uchun so‘rayotgan mablag‘dan ikki barobar kam.
«Komo» Diaoni o‘tgan yilning yanvar oyida «Betis»dan 12 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. Shundan buyon futbolchi jamoa safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













