Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Mourinyo «Real» futbolchilariga qo‘ygan talablarini aytdi

Mourinyo «Real» futbolchilariga qo‘ygan talablarini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubiga qaytgan Joze Mourinyo yangi mavsum starti arafasida intervyu berdi.

Portugaliyalik mutaxassis iyun oyida «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi etib tayinlangan va klub bilan 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Mourinyo avval ham 2010–2013 yillar davomida «Real»ni boshqargan.

«Futbolchilar o‘zlarini juda yaxshi tutmoqda. Men ularga shunday dedim: “Sizlardan talab qiladigan yagona narsam — aql bilan ish tutish va mantiqqa amal qilish”.

Men ulardan mashg‘ulot boshlanishidan besh daqiqa emas, bir soat oldin kelishni so‘radim. Oldindan kelib, diyetolog nazorati ostida ovqatlanish, jarohatlarning oldini olish uchun har kuni trenajyor zalida ishlash kerak. Zamonaviy futbol aynan shuni talab qiladi», — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid Zone keltirgan.

22 avgust kuni «Real» La Liganing 1-turida safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:09, 19.08.2026.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик