Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Yuventus» yangi futbolchisi klub afsonalarini o‘ziga namuna qilib ko‘rsatdi

«Yuventus» yangi futbolchisi klub afsonalarini o‘ziga namuna qilib ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi yangi futbolchisi Jon Lukumi jamoaga o‘tish qarorida Xuan Kuadradoning ta’siri katta bo‘lganini aytdi.

Kolumbiyalik himoyachining so‘zlariga ko‘ra, Kuadradoning «Yuventus»dagi o‘yinlari unda katta taassurot qoldirgan va bir kun kelib o‘zi ham shu klub libosini kiyishni orzu qilgan. Endi esa bu orzu amalga oshdi — Lukumi «Bolonya»dan «Yuventus»ga o‘tdi.

«Kuadradoning qanday o‘ynaganini yaxshi eslayman. U o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgan, deb o‘ylayman. Kolumbiyada ham uni “Yuventus”dagi o‘yinlari tufayli muhim futbolchi sifatida qadrlashadi.

“Yuventus”da har doim kuchli himoyachilar bo‘lgan. Kyellini, Bonuchchi, Barsali — men ularga o‘xshashni, ulardan namuna olishni istayman», — dedi Lukumi.

Uning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi shu hafta oxirida start oladi.

Kiritildi: 12:22, 19.08.2026.
O'qildi: 279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик