Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maks Eberl Musialaning holati haqida qisqa izoh berdi

Maks Eberl Musialaning holati haqida qisqa izoh berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala ketma-ket ikkinchi o‘yinda hushini yo‘qotdi. Myunxen klubi direktori Maks Eberl ushbu holat yuzasidan fikr bildirdi.

— Nima sodir bo‘lganini aytib bera olasizmi?

— Jamal yaqin vaqt ichida bu haqda o‘zi gapiradi. Biz vaziyatni bilardik va undan xabardor edik. Jamal albatta bu borada fikr bildiradi.

— Agar bu holatdan xabardor bo‘lgan bo‘lsangiz, nega u bugun maydonga tushdi?

— Bu haqda Jamalning o‘zi gapiradi.

— Hozir uning ahvoli qanday?

— U kiyinish xonasida. Kiyimlarini almashtiryapti va dush qabul qilyapti, — deya Eberlning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

22 avgust, shanba kuni «Bavariya» Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar Germaniya Superkubogi uchun kurashadi.

Kiritildi: 13:21, 19.08.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик