Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Diyop Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori lavozimida qolishi mumkin

Diyop Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori lavozimida qolishi mumkin

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2020 yildan Liga bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan, 2022 yilda esa Assosiasiya prezidenti taqdimiga binoan rasman bosh direktor etib tasdiqlangan Diyop Imomxo‘jayevning vakolat muddati yakunlangani haqida joriy yilning 27 iyul kuni xabar berilgan edi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, Assosiasiya prezidenti yoki tashkilot Ijroiya qo‘mitasi Ligani keyingi to‘rt yil davomida boshqarish uchun nomzodlar ro‘yxatini Liga Ijroiya qo‘mitasiga taqdim etishi lozim edi.

17 avgust kuni Assosiasiya prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma Liga Ijroiya qo‘mitasiga yuborildi.

Hujjatda Diyop Imomxo‘jayev rahbarligi davrida Ligada amalga oshirilgan ijobiy ishlar qayd etilgan. Shu asosda Assosiasiya O‘zPFLni navbatdagi muddatda ham boshqarish uchun Diyop Imomxo‘jayev nomzodini ilgari surgan.

Liga Ustaviga muvofiq, endi tashkilot Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosi Assosiasiya tomonidan taqdim etilgan nomzodni ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlashi yoki rad etishi kerak.

Agar nomzod Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan rad etilsa, Assosiasiya prezidenti yoki tashkilot Ijroiya qo‘mitasi Liga bosh direktori lavozimi uchun boshqa nomzodni taqdim etishi lozim bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Liga Ijroiya qo‘mitasining 8 nafar a’zosidan 5 nafari klublar manfaatini himoya qiluvchi vakillar hisoblanadi. Ular — Elbek Samatov («Andijon»), Bahodir Mirzayev (OKMK), To‘labek Akramov («Lokomotiv»), Alisher Yusupov («Nasaf») va Maqsud Karimov («Xorazm»).

Qolgan uch a’zo turli tashkilotlarning vakillari: Odil Ahmedov (O‘FA), Kamoliddin Murzoyev (O‘FU) va Oybek Ibrohimxonov (O‘zPFL).

O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi a’zolarining bosh direktorlikka taqdim etilgan nomzod bo‘yicha ovoz berish jarayoni va uning natijalari yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:34, 19.08.2026.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик