«Bavariya»ning faxriy prezidenti Uli Xyoness yarim himoyachi Jamal Musialaning bir necha kun ichida ikkinchi marta o‘yin vaqtida hushidan ketganidan qattiq ta’sirlanganini aytdi.
«Bu holat to‘rt kundan keyin yana takrorlangani meni larzaga soldi. Men hatto gapira olmay qoldim, bu esa men bilan kamdan-kam sodir bo‘ladi. Men Jamal haqida o‘ylab uxlayman va ertalab ham shu o‘ylar bilan uyg‘onaman», — dedi Xyoness RTL nashriga bergan intervyusida.
Xyonessning qo‘shimcha qilishicha, mutaxassislar 23 yoshli futbolchining professional sportda faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qiladigan holatlarni aniqlamagan.
Musialaning o‘zi esa unda vaqti-vaqti bilan nevrologik funksiyalarning qisqa muddatli buzilishi kuzatilishini va bu holatni davolash mumkinligini ma’lum qildi.
Ushbu muammolar «Bavariya» rahbariyatiga avvaldan ma’lum bo‘lgan, ammo yaqin vaqtga qadar ular o‘yinlar paytida bu qadar yaqqol namoyon bo‘lmagan.













