Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Bernardu Silvani jamoaning yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Real" prezidenti Florentino Peres ishtirokida portugaliyalik futbolchi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnomani imzoladi. Shundan so‘ng Silvaga stadion maketi, soat va 20-raqamli futbolka topshirildi. Avvalroq Joze Mourinyoning taqdimot marosimida ham shunday sovg‘alar berilgan edi.
32 yoshli Silva yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti"dan "Real"ga ko‘chib o‘tdi.
Futbolchi "qaymoqranglilar" safidagi debyutini 22 avgust kuni Ispaniya chempionati doirasida "Espanyol"ga qarshi o‘yinda o‘tkazishi mumkin.













