Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Pol Skoulz sud qaroriga ko‘ra haydovchilik huquqidan mahrum qilindi

Pol Skoulz sud qaroriga ko‘ra haydovchilik huquqidan mahrum qilindi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz yo‘l harakati qoidalarini buzgani — tezlikni oshirgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi. Skoulz Range Rover avtomobilini boshqarayotganda o‘tgan yilning noyabr oyida va joriy yilning mart oyida tezlikni oshirgani sababli ikki marta aybdor deb topildi.

Sobiq Angliya terma jamoasi a’zosi 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, unga 1472 funt sterling miqdorida jarima va sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklandi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Pol Skoulz butun faoliyatini «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan. Yarim himoyachi «qizil iblislar» safida 717 ta o‘yinda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va 84 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 20:22, 19.08.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик