"Barselona" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish g‘oyasidan voz kechgani yo‘q.
Kataloniya grandi "matraschilar"ning muzokaralar olib borishni mutlaqo xohlamayotgani sababli argentinalik futbolchining transferini shu yozda amalga oshirishi amrimahol. Shunga qaramay, Barca Universal nashri jurnalist Samuel Marsdenga tayanib xabar berishicha, "Barselona" Alvaresni xarid qilish rejalaridan voz kechmayapti: yangi urinishlar qishki transfer oynasi ochiladigan yanvar oyidayoq amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Xulian Alvaresning bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi. 26 yoshli hujumchining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













