"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variantini tanladi.
30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum ijara asosida to‘p tepgan "Everton"ga qaytishdan mamnun bo‘lar edi. Bu haqda jurnalist Martin Blekbern xabar berdi. "Irislar" allaqachon angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha "shaharliklar" bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda. Grilishning o‘zi ham "Everton"da qolish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
Jek Grilish o‘tgan mavsum "Everton" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Ayni paytda uning Transfermarkt portalidagi transfer qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













