"Marsel"ning chap qanot himoyachisi Emerson Palmyeri Italiyaga qaytishi mumkin. 29 yoshli futbolchining transferi bilan shug‘ullanayotgan vositachilar uning xizmatlarini "Yuventus"ga taklif qilgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti futbolchini "Roma"da birga ishlagan davridan yaxshi biladi. Turinliklar chap qanot himoyasini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq taklif etilgan nomzod bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Emerson Palmyeri 2018 yildan 2023 yilga qadar Italiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan va 2021 yilda jamoaga Yevropa chempionatida g‘olib chiqishga yordam bergan. Braziliyalik futbolchi "Chelsi" va "Vest Xem"dagi o‘yinlari bilan ham tanilgan. U 2025 yilda "Marsel" safiga qo‘shilgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik futbolchining transfer qiymati 9 million yevroni tashkil etadi.













