Ispaniyaning "Malaga" klubi 2019/2020 yilgi mavsumda sodir etilgan qoidabuzarlik uchun 300 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda derbyderbyderby.it xabar berdi.
O‘sha paytda klub futbolchilarning qiymati ko‘rsatilgan deklarasiyani taqdim etgan. Unda qayd etilgan summa futbolchilarning haqiqiy umumiy qiymatidan 4 million yevrodan ortiqqa kam bo‘lgan.
Bir necha yil davom etgan tekshiruvdan so‘ng La Liga moliyaviy komissiyasi vakillari klubni jarimaga tortish to‘g‘risida qaror qabul qildi.













