Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Pedro Rodriges 39 yoshida Ispaniyaga qaytishi mumkin

Pedro Rodriges 39 yoshida Ispaniyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Pedro Rodriges so‘nggi yillarda to‘p tepgan "Lasio"ni tark etdi, ammo hozircha futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Pedro Ispaniyaga qaytishni rejalashtirmoqda. Gap La Liga emas, balki Segundada harakat qiladigan Kanar orollarining "Tenerife" klubi haqida ketmoqda.

39 yoshli Pedro uchun bu futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klub bo‘lishi kutilmoqda. U "Barselona" bilan klub miqyosida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 12:25, 20.08.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик