Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Tottenxem" Marmush va Savio transferlarini tezlashtirmoqda

"Tottenxem" Marmush va Savio transferlarini tezlashtirmoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi bo‘yicha transferlarni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" bugun hujumchi Omar Marmush va vinger Savio bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga harakat qiladi. Klubning transfer rejasi o‘zgarmagan — "Tottenxem" transfer oynasi yopilguniga qadar bitta markaziy hujumchi va ikkita vingerni xarid qilmoqchi.

Insayderning ta’kidlashicha, agar Savio transferi amalga oshmasa, "Tottenxem" uchun muqobil variant "Chelsi" futbolchisi Pedru Netu bo‘lishi mumkin.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumi birinchi turida Roberto De Dzerbi jamoasi safarda "Brentford"ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:32, 20.08.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик