Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter Mayami"ning g‘alabasiz seriyasi to‘rtta o‘yinga yetdi

"Inter Mayami"ning g‘alabasiz seriyasi to‘rtta o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" MLS muntazam chempionati doirasida "Filadelfiya Yunion" mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, Gilyermo Oyos jamoasining g‘alabasiz seriyasi to‘rtta o‘yinga yetdi. Ushbu durangga qadar Florida klubi ketma-ket uchta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan edi — Ligalar kubogida "Monterrey"ga 1:2 va "Leon"ga 2:3, MLSda esa "Neshvill"ga 1:4 hisobida yutqazgan.

Ayni paytda "Inter Mayami" 20 ta o‘yinda 39 ochko to‘plab, Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jamoa navbatdagi uchrashuvini 23 avgust kuni "Toronto"ga qarshi o‘tkazadi. 

Kiritildi: 13:43, 20.08.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик