Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Komo» La Ligadan himoyachi sotib olishi mumkin

«Komo» La Ligadan himoyachi sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Villi Kambvala faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «Komo» «Vilyarreal» bilan muzokaralar olib bormoqda va jarayon juda tez sur’atlarda ilgarilamoqda, chunki Kambvala Sesk Fabregas jamoasi uchun ustuvor transfer nishoni hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 21 yoshli futbolchi Ispaniyada ikki mavsum o‘tkazdi. Kambvala barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, natijali harakatlar bilan ajralib tura olmagan. Transfermarkt portali fransuzni 3 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:47, 20.08.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик