Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Siti» Uorton transferi bo‘yicha «Kristal Pelas»ga murojaat qildi va rad javobini oldi

«Siti» Uorton transferi bo‘yicha «Kristal Pelas»ga murojaat qildi va rad javobini oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonning ehtimoliy transferi yuzasidan London klubiga murojaat qildi, ammo rad javobini oldi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, «Kristal Pelas» 22 yoshli angliyalik futbolchini joriy yozda sotish niyatida emas.

Uorton «Manchester Siti» yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Rodri, Bernardu Silva va Tijani Reyndersning ketishidan so‘ng «shaharliklar»ning yarim himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

«Manchester Siti» allaqachon «Nottingem Forest»dan Elliot Andersonni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, klub «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesga ham qiziqish bildirgan.

Uorton 2024 yil qishida «Blekbern Rovers»dan «Kristal Pelas»ga ko‘chib o‘tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Kristal Pelas» esa Angliya Premyer-ligasini 15-o‘rinda yakunlab, Konferensiyalar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Adam Uorton Angliya milliy jamoasi safida hozirga qadar 4 ta uchrashuv o‘tkazgan. Biroq yarimhimoyachi Tomas Tuxel boshchiligidagi terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olmagan.

Kiritildi: 15:58, 20.08.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик