Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Spalletti transfer oynasi yopilgunga qadar «Yuventus»dan yana 4 ta transfer kutmoqda

Spalletti transfer oynasi yopilgunga qadar «Yuventus»dan yana 4 ta transfer kutmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar jamoa tarkibini yana to‘rt nafar futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi. Spalletti to‘rtta pozisiyaga yangi o‘yinchi olib kelishni xohlamoqda.

Markaziy himoyachi. Agar Federiko Gatti va Daniele Rugani jamoani tark etsa, «Yuventus» yangi markaziy himoyachi xarid qiladi. Asosiy nomzod sifatida «Milan» futbolchisi Fikayo Tomori ko‘rilmoqda.

Chap qanot himoyachisi. Turinliklar Andrea Kambyasoga raqobatchi va uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi izlamoqda.

Yarim himoyachi. Agar Artur va Tyon Kopmeyners klubdan ketsa, «Yuventus» markaziy chiziqni ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan Frank Kessye asosiy nomzod bo‘lib qolmoqda.

Hujumchi. Arkadiush Milik va Jonatan Devid jamoani tark etgan taqdirda, Spalletti jismonan baquvvat markaziy hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.

«Yuventus» joriy yozda allaqachon ikki futbolchi bilan tarkibini kuchaytirdi. Turinliklar «Bolonya»dan Jon Lukumini sotib oldi, shuningdek, «Tottenhem» darvozaboni Gulyelmo Vikarioni ijaraga oldi.

Kiritildi: 16:01, 20.08.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик