Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Germaniya terma jamoasi hujumchisi: «Ikki marta o‘lib qolay deganman»

Germaniya terma jamoasi hujumchisi: «Ikki marta o‘lib qolay deganman»

Baho:
+ | -

«Shtutgart» va Germaniya milliy jamoasi hujumchisi Deniz Undav dengiz mahsulotlariga kuchli allergiyasi borligini ma’lum qildi. Futbolchining aytishicha, u allergik reaksiya tufayli ikki marta hayotini yo‘qotish arafasida qolgan.

«Menga krevetka yeyish mumkin emas. Ikki marta kuchli allergik reaksiya bo‘lgan va har ikki safar o‘lib qolay deganman. Hamma joyim shishib ketadi va nafas ololmay qolaman. Ilgari o‘zim ham bunday holat haqida eshitmagan edim», — dedi Undav HSTRYSTORIES YouTube kanaliga bergan intervyusida.

30 yoshli nemis hujumchisining aytishicha, uning sevimli taomlari orasida kurdcha uslubda tayyorlanadigan guruchli dimlama go‘sht — Goşt û Birinc hamda guruch solib o‘ralgan uzum barglari — Pel bor. Shuningdek, futbolchi lahmajun va doner kabobni ham xush ko‘radi.

Undav achchiq taomlarni juda yaxshi ko‘rishini ham yashirmadi. Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, u bir safar achchiqlik darajasi 3 million Skovillga teng bo‘lgan doner kabobni yegan.

21 avgust, juma kuni «Shtutgart» Germaniya kubogining birinchi bosqichida «Ganza» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:38, 20.08.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик