«Sporting» markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiu faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi 24 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Rossoneri» Inasiuga iyun oyidayoq qiziqish bildirgan va endi uning transferi masalasiga yana qaytishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, «Sporting» himoyachisi uchun 40 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda. Bu esa transferni amalga oshirishni qiyinlashtirayotgan asosiy omillardan biri. Shunga qaramay, «Milan» futbolchiga bo‘lgan qiziqishidan voz kechmagan.
O‘tgan mavsumda Inasiu barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Gonsalu Inasiuning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.













