Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

«Arsenal» Jezus uchun kamida 20 mln yevro talab qilmoqda — ikki klub transferga qiziqdi

«Arsenal» Jezus uchun kamida 20 mln yevro talab qilmoqda — ikki klub transferga qiziqdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda. AS ma’lumotiga ko‘ra, «Everton» va «Ipsvich» 29 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Har ikki klub Jezusning ehtimoliy transferi bo‘yicha «Arsenal» bilan allaqachon bog‘langan. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Jezus ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. U «Arsenal»ning joriy mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvi — «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi bahsi uchun qaydnomaga kiritilmadi. «Kanonirlar» ushbu uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Braziliyalik hujumchiga «Napoli» ham qiziqish bildirgandi. Italiya klubi Romelu Lukakuning «Fenerbaxche»ga ketishidan so‘ng yangi hujumchi izlamoqda. Biroq xabarlarga ko‘ra, Jezus bo‘yicha muzokaralar natijasiz yakunlangan.

Gabriel Jezusning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 17 million yevroga baholamoqda. Avvalroq London klubi hujumchisi uchun kamida 20 million yevro talab qilayotgani xabar qilingandi.

«Arsenal» Jezusni 2022 yil yozida «Manchester Siti»dan 52 million yevro evaziga sotib olgan. Braziliyalik futbolchi «kanonirlar» safida hozirgacha 123 ta uchrashuvda 38 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:53, 20.08.2026.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик