Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

Rasman: Joau Kanselu «Barselona» futbolchisi

Rasman: Joau Kanselu «Barselona» futbolchisi

Baho:
+1 | -

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ham kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘tkazgan edi. Endi esa u «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilib, «Barselona»ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Ispaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kanseluning «Barselona»ga qaytish istagi transferda muhim omil bo‘ldi. Portugaliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishish uchun moliyaviy jihatdan yon berishga ham tayyor bo‘lgan. Bosh murabbiy Hansi Flik ham uni jamoada saqlab qolish tarafdori edi.

Kanselu uchun bu «Barselona»dagi uchinchi davr bo‘ladi. U ilk bor 2023/24 yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijaraga kelib, barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashgan va 4 ta gol urgan. 2024 yil yozida esa «Al-Hilol»ga to‘liq transfer qilingan.

2026 yil yanvarda «Barselona» Kanseluni Saudiya Arabistoni klubidan mavsum oxiriga qadar yana ijaraga oldi. Portugaliyalik himoyachi jamoa bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kanselu himoyaning har ikki qanotida harakat qila olishi bilan ajralib turadi. Uning universalligi va hujumlarni qo‘llab-quvvatlashdagi imkoniyatlari Flik uchun qo‘shimcha variant taqdim etadi.

Kiritildi: 17:55, 20.08.2026.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик