«Atletiko»ga o‘tganidan so‘ng himoyachi Kristian Romero o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik futbolchi madridliklar klubi tarixida o‘z nomini qoldirish istagi borligini ta’kidladi.
«Men «Atletiko»ga o‘z nomimni klub tarixida muhrlab qo‘yish kayfiyati bilan keldim. Buning yagona yo‘li esa nimanidir yutish ekanini juda yaxshi bilaman», — deydi Romero.
Eslatib o‘tamiz, Kristian Romero bunga qadar «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Chorshanba kuni «Atletiko» mavsumdagi ilk o‘yinida o‘z maydonida «Malaga»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Diyego Simeone shogirdlari navbatdagi uchrashuvni yakshanba, 23 avgust kuni o‘z uyida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.













