Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Saudiya Arabistoni PIF jamg‘armasi «Al-Hilol», «An-Nasr» va «Al-Ahli»ni to‘liq nazoratga oladi

Saudiya Arabistoni PIF jamg‘armasi «Al-Hilol», «An-Nasr» va «Al-Ahli»ni to‘liq nazoratga oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

19-avgust, chorshanba kuni Saudiya Arabistoni Sport vazirligi «An-Nasr», «Al-Ittihod», «Al-Ahli» va «Al-Hilol» klublarining notijorat tashkilotlariga tegishli 25 foizlik aksiyalarini Davlat investisiya jamg‘armasi (PIF) tasarrufiga o‘tkazish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Saudi Gazette xabar berdi.

Mazkur qaror natijasida ushbu to‘rt klubning direktorlar kengashlari tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

Bu jarayon to‘rtta klubning mulk huquqini o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi bosqich hisoblanadi va ularni xususiy mulkchilik modeliga to‘liq o‘tkazishga qaratilgan loyihaning bir qismi sanaladi.

Natijada «Al-Hilol», «An-Nasr» va «Al-Ahli» to‘liq PIF tasarrufiga o‘tishi kutilmoqda.

«Al-Hilol», «An-Nasr» va «Al-Ahli» klublari o‘tish jarayonini barqaror tarzda yakunlash maqsadida amaldagi direktorlar kengashlari yana 90 kun davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.

«Al-Ittihod» esa klub prezidenti Fahd Sindining o‘z lavozimidagi faoliyati darhol yakunlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 18:15, 20.08.2026.
O'qildi: 2157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик