«Barselona» futbolchisi Joau Kanselu Kataloniya klubiga qaytganidan mamnun ekanini bildirib, jamoaning asosiy maqsadlaridan biri Chempionlar ligasida g‘olib chiqish ekanini ta’kidladi.
«Men faqat «Barselona»ga qaytishni istagandim. Bu safar nihoyat bolalikdagi orzumni to‘liq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldim.
«Barselona»dek klub barcha sovrinlarni yutishga tayyor bo‘lishi kerak.
Biz Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga intilayapmiz. Buning uchun har kuni astoydil mehnat qiladigan kuchli jamoamiz bor. Shuningdek, tajribali futbolchilar yoshlarga, yosh futbolchilar esa tajribalilarga yordam berishi kerak.
Menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Chunki bu jamoada juda yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Chempionlar ligasini yutish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun bor kuch va salohiyatimizni ishga solamiz», — dedi Kanselu.













