Yan Diomande qimmat transferdan so‘ng o‘zini bosim ostida his qilmayotganini aytdi.
Matbuotda «Real» «RB Leypsig»ga Diomande uchun 125 million yevro to‘lagani haqida xabarlar tarqalgandi. Bonuslar hisobiga bu summa yana oshishi mumkin.
«Real» men uchun katta miqdorda pul sarfladi. Odamlar meni maydonda ko‘rishni intiqlik bilan kutishyapti, ammo hech qanday bosim yo‘q.
Ular menga ishongani uchun men uchun shuncha ko‘p pul sarflashdi. Ammo nega men qo‘rqishim kerak? Men qo‘rqmayman, hech qanday bosimni his qilmayapman. Men o‘z ishimni qilishda davom etaman, qolgani esa Xudoning qo‘lida», — deya Diomandening so‘zlarini keltiradi The Touchline.













