«Manchester Siti» vinger transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
The Athletic nashri xabar berishicha, «shaharliklar» «Palmeyras»dan Allan Eliasni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Allan Elias «Tottenxem»ga o‘tishi kutilayotgan braziliyalik Savinyoning o‘rnini egallashi mumkin.
Biroq xabarda ta’kidlanishicha, «Palmeyras» bu yozda Allanni sotish niyatida emas. Braziliya klubi 22 yoshli futbolchining shartnomasida 100 million yevro miqdorida tovon puli (ozod qilish bandi) belgilanganini ma’lum qilgan.













