«Benfika» «Bavariya» bilan yarim himoyachi Joau Palinya transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.
Taniqli insayder Fabrisio Romano o‘z sahifalarida yozishicha, Lissabon klubi 31 yoshli futbolchi uchun 14 million yevro to‘laydi.
Shuningdek, myunxenliklar bonuslar sifatida yana 5 million yevrogacha olishlari mumkin. Palinyaning o‘zi esa transferga rozilik bergan.
Yaqin 24 soat ichida tomonlar bitimni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni o‘zaro almashishi kerak.













