ESPN portali amplualar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzishda davom etmoqda — navbat qanot himoyachilariga keldi.
Birinchi o‘rinni «PSJ»ning marokashlik a’zosi Ashraf Xakimiy egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onada uning parijliklar safidagi portugaliyalik jamoadoshi Nunu Mendesh joylashdi. Kuchli uchlikni «Arsenal»ning niderlandiyalik himoyachisi Yurryen Timber yakunlab berdi. Cho‘qqidagi to‘rtlikdan milanning «Inter» klubi va Italiya terma jamoasi a’zosi Federiko Dimarko joy olgan bo‘lsa, beshinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan, Madridning «Real» klubi yangi a’zosi Mark Kukurelya egalladi.
Ro‘yxatning davomida tegishlicha Denzel Dyumfris («Real» Madrid, Niderlandiya), Jyul Kunde («Barselona», Fransiya), Pyero Inkapye («Arsenal», Ekvador), Alexandro Grimaldo («Atletiko» Madrid, Ispaniya) va Niko O’Rayli («Manchester Siti», Angliya) joy olishdi.













