«Galatasaroy» «Shtutgart» hujumchisi Ermedin Demirovich transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Yagiz Sabunjuo‘g‘li X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi Bosniya va Gersegovina terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini 20 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Demirovichning «Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Demirovich barcha musobaqalar doirasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, hujumchi 2026 yilgi Jahon chempionatida Bosniya va Gersegovina terma jamoasining to‘rtta uchrashuvida ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.













