Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Fabregas: «Bu biz uchun o‘ziga xos mavsum bo‘ladi»

Fabregas: «Bu biz uchun o‘ziga xos mavsum bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya Seriya Asining 2026/2027 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan «Udineze»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv shanba kuni, 22 avgustda Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

«Bu biz uchun o‘ziga xos mavsum bo‘ladi. Biz uchta musobaqada ishtirok etamiz, bu ushbu jamoa uchun yangi tajriba. Noma’lum jihatlar juda ko‘p, shu sababli har bir o‘yinga alohida yondashishimiz va «Komo» uchun ko‘plab muvaffaqiyatli mavsumlarning debochisi bo‘ladigan ushbu ajoyib davrdan zavq olishimiz kerak.

Mavsumoldi tayyorgarlikda menga eng ma’qul kelgani — o‘yinimizda ko‘rsata olgan individualligimiz bo‘ldi. «Liverpul»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida 71% vaqt davomida to‘pga egalik qildik va ularga qarshi hujumga o‘tishga imkon bermadik. Nazarimda, bizda aniq identichnostiga ega jamoa shakllandi. Hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p, ammo ustuvor vazifamiz futbolchilarni rivojlantirish va «Komo» kelajagi uchun mustahkam poydevor qo‘yish bo‘lib qolaveradi.

«Udineze» — shakllangan, aniq o‘yin uslubiga va jismoniy jihatdan kuchli shaklga ega jamoa. Ularga qarshi bahsga maydonda bor kuchimizni berish orqali yondashishimiz kerak», — deydi Fabregas.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» yangi mavsumda o‘z tarixida ilk bor UYEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 07:24, 21.08.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик