«Galatasaroy» klubi prezidenti Dursun Ozbek yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
21 yoshli futbolchi Moskvaning «Lokomotiv» klubidan «Galatasaroy»ga 25 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi. U klub bilan 2031 yilning iyunigacha shartnoma tuzdi va yiliga 3,25 million yevro maosh oladi.
«Bugundan e’tiboran Aleksey «Galatasaroy» libosida maydonga tushishni davom ettiradi. U klubimizni kuchaytiradi. Chempionlar Ligasi va chempionatdagi muvaffaqiyatlarimizga katta hissa qo‘shadi.
Men unga: «Galatasaray»ga xush kelibsan, deyman. Uzoq yillar davomida «Galatasaroy»ga xizmat qiladigan birodarimiz bo‘ladi deb umid qilaman. Unga muvaffaqiyatlar tilayman», dedi Dursun.
Batrakov «Lokomotiv» tarkibida barcha turnirlarda 84 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urgan va 23 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Rossiya terma jamoasi safida esa 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishni uddalagan.













