Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Lids», «Nottingem Forest» va «Everton» Delapni nishonga oldi

«Lids», «Nottingem Forest» va «Everton» Delapni nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasi yakunlanguniga qadar jamoani tark etishi mumkin. 23 yoshli angliyalik futbolchiga Premyer-liganing bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, «Lids» va «Nottingem Forest» Delap uchun kurashga qo‘shilgan, «Everton» ham hujumchini o‘z safiga olishga qiziqmoqda. «Chelsi» futbolchisini 50 mln funtga — taxminan 58 mln yevroga baholamoqda. Da’vogar klublar esa kelishuvni 40 mln funt, ya’ni qariyb 47 mln yevro atrofida amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Nottingem Forest» Delap uchun kurashda faol harakat qilmoqda. Jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va angliyalik futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Delapning «Chelsi»dagi mavqei ham ancha zaiflashgan. U 9-raqamli futbolkasini Joau Pedroga topshirdi va yangi mavsum oldidan 12-raqamni oldi. Shuningdek, hujumchi asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilar qatoriga kiritilgan.

Delap «Chelsi»ga 2025-yil yozida «Ipsvich»dan 30 mln funt evaziga kelib qo‘shilgan edi. Bungacha u «Ipsvich» safida APLda 37 ta uchrashuvda 12 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Biroq Londondagi ilk mavsumi hujumchi uchun kutilganidek kechmadi. Turli musobaqalarda 40 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan Delap bor-yo‘g‘i 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Chelsi» endi uni sotish orqali bir yil avval sarflangan mablag‘dan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda.

Hozircha «Lids», «Nottingem Forest» yoki «Everton»dan «Chelsi» talab qilayotgan 50 mln funtlik rasmiy taklif kelib tushgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 07:51, 21.08.2026.
O'qildi: 449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик