«Kristal Pelas» klubi yarim himoyachi Adam Uortonni faqatgina 100 million funt sterlingdan oshadigan summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Londonliklar «Manchester Siti» rahbariyatiga 22 yoshli angliyalik futbolchini arzonga sotmaslikliklarini ochiq-oshkora ma’lum qilishdi.
«Manchester Siti» Uortonni jarohat olgan yoki ketadigan Rodrining o‘rnini bosadigan munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq «Kristal Pelas» Mark Guexi, Eberechi Eze va Maksens Lakrua kabi yetakchilar jamoani tark etganidan so‘ng yana bir kalit futbolchisini yo‘qotishni istamayapti.
Klub vakillari muzokaralar boshlanishi uchun ham juda katta summa kerakligini uqtirishdi, chunki Uorton jamoaning joriy mavsumdagi rejalarida juda muhim o‘rin tutadi.













