Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

"Real"ning cheklovlari sabab "Bernabeu"da hakamlar intervyu bermaydi

"Real"ning cheklovlari sabab "Bernabeu"da hakamlar intervyu bermaydi

Baho:
+ | -1

Ispaniya La Ligasida joriy mavsumdan boshlab hakamlar o‘yinlar oldidan va uchrashuvlardan keyin intervyu berib, o‘z qarorlariga izoh berib boradi.

Biroq "Real Madrid"ning uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan "Santyago Bernabeu" stadionida mazkur tartib amal qilmaydi.

Mundo Deportivo va SPORT nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, bunga "Real Madrid" tomonidan translyasiya huquqi egalari uchun joriy etilgan cheklovlar sabab bo‘lgan. Shu tufayli "Bernabeu"dagi o‘yinlarda hakamlar uchrashuvdan oldin va keyin telekameralar qarshisida o‘z qarorlarini sharhlamaydi.

Shu tariqa, La Ligadagi 20 ta stadion orasida faqat "Santyago Bernabeu" liganing hakamlar faoliyatida shaffoflikni oshirishga qaratilgan yangi protokolidan chetda qoldi.

Qolgan barcha stadionlarda esa hakamlar o‘yindan oldin va keyin intervyu berib, muhim qarorlari yuzasidan tushuntirish berishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 12:39, 21.08.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик