Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

«Manchester Siti» braziliyalik vinger bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

«Manchester Siti» braziliyalik vinger bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» «Palmeyras» klubining 22 yoshli braziliyalik vingeri Allan Elias transferi ustida faol ish olib bormoqda. Ushbu futbolchi «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin turgan Savinyoga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «shaharliklar» Allan bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishishgan. Endi Angliya klubi transfer borasida «Palmeyras» bilan kelishib olishga harakat qiladi va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.

Allan joriy mavsumda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 5 ta golli uzatma yozib qo‘ygan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:05, 21.08.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик