Angliyaning «Nyukasl» klubi taxminan 220 million yevro qiymatiga ega yangi zamonaviy mashg‘ulot bazasini qurish uchun 105 gektar maydonni egallagan Vulsington-Xoll mulkini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Klub rahbariyati ushbu obyektdan erkaklar asosiy jamoasi hamda akademiklar uchun foydalanishni maqsad qilgan. Qurilishga tegishli ruxsatnomalar olingach, jamoa 2029/30 yilgi mavsumgacha yangi bazaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Rasmiy ariza kelasi yilning boshida Nyukasl shahar kengashiga topshiriladi.
Loyiha tarixiy Vulsington-Xoll mulkining arxitektura va parkli hududlarini saqlab qolgan holda ularni qayta tiklash va yaxshilashni nazarda tutadi. Kelajakda ushbu bazada ayollar jamoasi uchun ham ob’ektlar qo‘shilishi va u «Nyukasl»ning asosiy futbol markaziga aylanishi kutilmoqda.













